insurez
01-06-2024 15:53

Shahar mas’ullari SamDTU muzeyida bo‘ldilar


Kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida mas’ullar Samarqand davlat tibbiyot universiteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashuvi davomida universitet muzeyida ham bo‘ldilar va ta’lim dargohi tarixi bilan tanishdilar. 1930 yilda tashkil topgan mazkur universitetdan hozirga qadar juda ko‘plab malakali tibbiyot xodimlari yetishib chiqqan.    
Shahar hokimi muzeydagi faxriy mehmonlar kitobiga ezgu tilaklarini yozib qoldirdi. Viloyatimizda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining egizagi, yoki qiyofadoshi bo'lgan mazkur universitetda tahsil olayotgan 11544 nafar talabaning 1 376 nafari bitiruvchi hisoblanadi. Ularning 46 nafari Kattaqo‘rg‘on shahri va tumani hududida istiqomat qiladi.  

Tashrif yakunida shahrimiz uchun tor tibbiy soha mutaxassislarini tayyorlash va tibbiyot sohasida keng hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -