insurez
10-04-2025 17:07

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi 9 sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiyada 7 ta masala muhokama qilindi.

Dastlab, shahar IIB tomonidan 2025-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh. Dusanovning hisoboti eshitildi.

Shndan so‘ng 2024-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov axborot berdi.

Sessiya davomida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi ustuvor rejalar to‘g‘risida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Qurbanovning hamda 2025 yil 1-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yo‘naltirilishi to‘g‘risida shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari A.Shodievning hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola qilindi.

Shuningdek, sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalalar Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, Xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risidagi hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatining deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -