ShAHAR KENGAShINING SESSIYaSI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy avxborot vositalari vakillari hamda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibida 7 ta masala muhokama qilindi.
Dastlab, Kattaqo‘rg‘on shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘anievning 2025-yilning 6 oyi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan hisoboti eshitildi.
Deputatlar sessiyada “Nuroniy” jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi raisi T.Xamidovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabridagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405-sonli qarorining shahardagi ijrosi to‘g‘risidagi axborotini tingladilar.
Shundan so‘ng shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.Axmedov markaz tomonidan 2025-yil 6 oy yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hamda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shodievning 2025 yil 2-mavsumida “Tashabbusli byudjet” jarayoni natijalari va 1-mavsum loyihalari ijrosi to‘g‘risida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yo‘naltirilishi to‘g‘risida”gi hisobotlari eshitildi.
Shuningdek, sessiya davomida deputatlar tomonidan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2025-yil 6-avgustdagi VII-12-58-7-106-K/25-sonli qarori ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan qarorlarni tasdiqladilar.
Sessiya shuning bilan o‘z ishini yakunladi.