insurez
17-10-2024 15:33

SHAHAR KENGASHINING 98- SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi to‘qson sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida ikkita masala ko‘rib chiqildi.

Dastlab, kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan shahardagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida shahar hokimi o‘rinbosari J.Axmedovning hisoboti eshitildi.

Shundan so‘ng navbatdagi masala bo‘yicha shahar aholisi va ijtimoiy soha obektlarini kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash to‘g‘risida shahargaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.Sharipovning hisoboti deputatlar e’tiboriga havola qilindi.

Shuningdek, sessiya yakunida aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni yechim topishi yo‘lida samarali faoliyat yuritgan bir qator deputatlarga shahar hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -