insurez
26-08-2024 17:37

SHAHAR KENGASHI SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi 96 sessiyasi o‘tkazildi. Unda deputatlar, shahar hokimi o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada quyidagi masalalar muhokama qilindi. 

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24-noyabrdagi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i T.Jumanazarovning hisoboti eshitildi.

Shundan so‘ng shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i A.Alimov shaharda 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi, Mamatov Ikromjon Ibragimovichni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi, Xaitov Jasur Akbarovichni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari-shahar investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi hamda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2024 yil 22 apreldagi VI-90-36-7-106-K-/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarorlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -