insurez
08-08-2025 18:32

SHAHAR HOKIMINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI


Bugun shahrimizdagi “Qoriravot” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda 8 nafar fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ko’prik va kanalizasiya ta’miri, tungi yoritish, kredit ajratish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi va yechimi muddat va mablag‘ talab etilgan qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, shahar hokimi tomonidan ayrim murojaatlar joyiga chiqib o’rganilib, tegishli  mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -