insurez
23-04-2025 11:04

Shahar hokimi "Zomin" mahallasida boʻldi


Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi “Zomin” mahallasida bo‘ldi va mahalla faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimi shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to’xtaldi.

Uchrashuv davomida mahalla ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning  bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi. 

Shuningdek, shahar hokimi ushbu mahalla qoshida faoliyat yuritayotgan tikuv sexida ham boʻlib, yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini eshitdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -