insurez
01-11-2025 11:43

SHAHAR HOKIMI TEXNIKUMDAGI SHAROITLARNI O‘RGANDI


Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi Xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida bo‘lib, talabalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, shahar hokimi dars jarayonlarini kuzatish davomida talabalar bilan suhbatlashib, yoshlarga ularning kasb-hunar egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratilganligini, faqat yaxshi o‘qib, malakali mutaxassis bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi. 

1080 o‘rinli bo‘lgan mazkur texnikumda 57 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Joriy o‘quv yilida 575 nafar talabalar qamrab olingan bo‘lib, 9 sinf bitiruvchilari kompyuter dasturlash, sotuvchi-nazoratchi, bank nazoratchisi, tikuvchi, oshpaz, elektromontyor, mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish, sartarosh yo‘nalishlarida hamda 11 sinf bitiruvchilari uchun buxgalteriya hisobi, kompyuter injeneringi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim berilmoqda.

Teglar
- -