Shahar hokimi taʼlim muassasalaridagi qurilishlar bilan tanishdi
Keyingi yillarda shahrimizdagi taʼlim maskanlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shu kunlarda ushbu ishlarning davomi sifatida 3- maktab hamda 22-maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qurilish-taʼmirlash ishlari ketmoqda.
Bugun ushbu hududlarda bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Taʼlim muassasasi va qurilish tashkiloti masʼullari bilan suhbatlashib, qurilish ishlarini sifatli topshirish yuzasidan o‘z masahatlarini berdi.




