insurez
08-08-2025 18:45

Shahar hokimi “Qoriravot” mahallasida bo‘ldi


Kattaqo’rg’on shahar “Qoriravot” mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari va aholi vakillari ishtirok etishdi.

Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.

Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi natijalari hamda yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengaytirish bo’yicha Qonunchilik palatasida qabul qilingan qarorining ahamiyati haqida to‘xtaldi 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ham so‘z yuritildi va bu borada tegishli vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -