SHAHAR HOKIMI QABULI O‘TKAZILDI
Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning qabuli o‘tkazildi. Unda 15 nafar fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etdilar.
Jumladan, qabul jarayonida fuqarolarning ish bilan ta’minlash, oilaviy masalalar, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o‘rganildi.
3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga tushuntirish berildi va qolgan murojaatlarni yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.