insurez
07-05-2024 11:29

Shahar hokimi mas’ullarga topshiriqlar berildi


Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig’ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o’rinbosarlari, tegishli korhona-tashkilot rahbarlari hamda shahar ta’lim muassasalari direktorlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.

Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masalalar, ya’ni, Bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada tashkil qilish borasida, soliq tushumi, korhonalar faoliyatini muvofiqlashtirish holati hamda tashqi migrasiyadagi fuqarolar bilan bog’lanib, ularning muammolarini o’rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi. 

Aytib o‘tilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -