Shahar hokimi maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar bilan tanishdi
Ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yetarlicha shart-sharoitlarning yaratilganligi yosh avlodga ta’lim –tarbiya berish borasidagi ishlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, maktabgacha ta’limnig inson kamolotida alohida o‘rni bor, - deya ta’kidladi shahar hokimi Gavhar Alimova bugun shahrimizdagi 16 - MTT dagi shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida.
Shuningdek, shahar hokimi bog‘chada bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, mashg‘ulotlarning o‘tilishi, sanitariya-gigiyena holatlari bilan tanishdi va o‘zining fikr va tavsiyalarini berdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.