Shahar hokimi maktabdagi sharoitlarni o‘rgandi
Shahar hokimi Gavhar Alimova maktablarni o‘rganishi doirasida 5-umumta’lim maktabiga bordi. Dastlab, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashgan shahar hokimi yoshlarning bilim salohiyatiga oid savollar berdi. O‘quvchilarning fikr va mulohazalarini eshitgan hokim yoshlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanib bilim olishlari, ayniqsa qizlar biror kasb-hunarni o‘rganishlari lozimligini ta’kidladi.
Shu kuni ayrim o‘quvchilarni o‘quv qurollarisiz darsda ishtirok etayotganligi kuzatildi. Shahar hokimi bu borada maktab ma’muriyatiga ichki tartib-qoidalarga amal qilishni ta’minlash lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, shahar hokimi pedagoglar bilan suhbatlashdi va o‘quvchilarni bilim olishlari uchun yaratilgan shart - sharoitlar bilan tanishdi.