insurez
21-06-2024 19:19

SHAHAR HOKIMI ISHTIROKIDA PRESS-TUR O‘TKAZILDI


Shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida Press-tur o‘tkazildi. Bolalar va o‘smirlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar mavzusiga bag‘ishlangan press-tur doirasida shahar hokimi hamda shahar kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabida bo‘ldilar.

Yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, homiylar tomonidan taqdim etilgan sport anjomlarini sport maktabi to‘garak a’zolariga topshirdilar. Boks bo‘yicha jahon chempioni Sevara Mamatova bilan suhbatlashdilar va unga kelgusida ulkan muvaffaqiyatar tiladilar. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                 

Teglar
- -