insurez
08-08-2025 10:23

Shahar hokimi “Go‘zalkent” mahallasida bo‘ldi


Bugun shahrimizdagi “Go‘zalkent” mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.

Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.

Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning bugungi natijalari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengayishi borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, mahalla hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ham so‘z yuritildi va bu borada tegishli vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -