insurez
11-09-2024 16:14

Shahar hokimining qabuli o‘tkazildi


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan qabulda 20 ga yaqin fuqarolar turli masaladagi murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

Murojaatlar tahlil qilinganda ishga joylashish kredit, uy-joy olish, kadastr xizmati, yo‘l, oilaviy va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. O‘rganish davomida kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatning  5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib, tegishliligi bo’yicha mas’ullarga yo’naltirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -