Shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahrimizda amalga oshirilayotgan qurilishlarning sifatli olib borilishi va ishlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi bo’yicha o’rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun shahar hokimi tegishli mas’ullar hamrohligida Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bu yerda barpo etilayotgan qo‘shimcha binoning qurilish ishlarini borishini o‘rgandi.
Mazkur ob’ekt “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 1,5 mlrd so‘m mablag‘ hisobida qurilayotgan bo‘lib, bugungi kunda 2- qavatini qurish ishlari yakunlanmoqda.
O’rganish davomida ushbu binoning qurilish ishlarini sifatli tashkil etib, o‘z muddatida foydalanishga topshirilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, shahar hokimi “Qo‘shxovuz” mahallasidan o‘tuvchi Alisher Navoiy va Davlatobod ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan asfaltlash ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.
                        



