Shahar hokimi bog‘chadagi sharoitlarni o‘rgandi
Taʼlim tizimidagi islohotlar bois maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu jumladan, shahrimizda ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi 24- maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lib, shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarni o‘tkazilish jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, shahar hokimi ushbu maktabgacha ta'lim muassasasida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar yuzasidan mas'ul xodimlarga o‘z tavsiyalarini berdi.