Shahar hokimi "Alisher Navoiy" mahallasida boʻldi
Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘ldi va mahalla faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimi shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, aholi farovonligi yo’lida va fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar xususida to’xtaldi.
Uchrashuv davomida mahalla ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi. Nuroniylar tinchlik omonlik va shahrimizni bundanda obod bo'lishini tilab duoga qo'l ochdilar.
Shuningdek, shahar hokimi aholi vakillari tomonidan bildirilgan masalalarni ijobiy hal etish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalarni berdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.