Seminar trening
14-sonli umumta’lim maktabida seminar-trening o'tkazildi. Mazkur tadbirda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Daminov boshchiligida umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida:
✅ 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari,
✅ Yangi o‘quv yiliga oid dolzarb vazifalar,
✅ Amaliy faoliyatni takomillashtirish yo‘nalishlari
bo‘yicha fikr almashildi va tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida yangi o‘quv yilini samarali boshlash uchun bir qator amaliy rejalar ishlab chiqildi.