insurez
28-05-2024 11:35

Sektor a’zolari hisoboti eshitildi


Bugun Yermachit mahallasida joylashgan shahar 1 sektor shtabida shahar hokimi Gavhar Alimova va sektor shtab a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda sektor a’zolarining haftalik rejalarini bajarilishi, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan faoliyatlari natijadorligi, mavjud muammolar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda boshqa tegishli masalalar ko'rib chiqildi. 

Shuningdek yig‘ilish davomida sektor a’zolarining hududlarda aholi murojaatlari bilan ishlash va belgilangan tartibda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.

 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -