insurez
01-11-2025 17:47

Sayyor qabul o‘tkazildi


Bugun, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasida Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyev tomonidan 
aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. 

Sayyor qabul davomida aholidan 32 nafar fuqaroning davolanish uchun shahar va viloyat tibbiyot muassasalariga joylashtirish, dori darmon bilan taʼmilash, order ajratish va boshqa tibbiyotga oid murojaatlari qabul qilindi. 

Mazkur murojaatlarning 15 dan ortig‘i ijobiy hal etildi va qolganlarini ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -