insurez
05-07-2024 17:50

Sayyor qabul o‘tkazildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Servis texnikumida Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning sud- huquq masalalalriga oid murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi. 4 nafar probatsiya nazoratidagi shaxslarning arizalari qanoatlantirilib, ijobiy hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.