Sayyor qabul o’tkazildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasi binosida Samarqand viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sobirjon Abduxomidov tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar IIB boshlig’I G.Islomov va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.
Qabul davomida mas’ullar ishtirokida fuqarolarning turli muammolar bilan bog‘liq murojaatlari eshitildi. Shuningdek, Ilk bor fuqarolik pasporti olayotgan bir guruh yoshlarga ID kartalari topshirildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarni qiynab kelayotgan turli yo’nalishdagi muammolar va sohaga oid tushgan 20 dan ortiq murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi qayd qilindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.