insurez
24-01-2025 17:16

SAYYOR QABUL O"TKAZILDI


Bugun Kattaqo’rg’on shahar Xalq qabulxonasida viloyat IIB JXX YHXB boshligʻi polkovnik Sh.Bayxoʻrazov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi. 
Sayyor qabulda shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar IIB boshlig’I G.Islomov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodiyeva va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida fuqarolardan sohaga oid tushgan 10 dan ortiq murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Vaqt va mablag’ talab qilinadigan murojaatlarni ijrosi nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi qayd etildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida shaharda yo’l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilinishi, ko’chalarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solib, avtomobillarni guruh bo’lib harakatlanishiga yo’l qo’ymaslik hamda har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligi yuzasidan profilaktika va targ’ibot tadbirlarini kuchaytirish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -