insurez
16-01-2025 18:51

Sayyor qabul o’tkazildi


Bugun  Kattaqo‘rg‘on shahar 4-sektor hududidagi "Yakkabog‘" mahallasi binosida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari H.Safarov, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodieva va  Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati F.Raximova tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. 

Qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqarolardan ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga chiqish, pensiya miqdorini qayta hisoblash va boshqa masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning  ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida pensiya va nafaqalar bo'yicha so'nggi yangiliklar hamda fuqarolar tomonidan pensiya tayinlashda, talab etiladigan ish staji va hujjatlari yuzasidan berilgan savollarga tushuntirishlar berildi.

Teglar
- -