insurez
01-05-2024 10:22

Sayyor qabul


Bugun Ingichka shaharchasida Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniev tomonidan sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. Qabul doirasida fuqarolarning sog‘ligini tiklash, dori-darmonlar bilan ta’minlashda yordam olish va boshqa shu mazmundagi murojaatlari o‘rganilmoqda.                                                                             
Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, muddat va mablag‘ talab etadigan murojaatlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -