insurez
10-07-2024 16:03

Savol bering javob beramiz ruknidan


Savol: Men 2017 yildan beri dehqon xo‘jaligida faoliyat yuritaman, hozirda dehqon xo‘jaligimizga soliq idorasidan hodimlar kelib ish faoliyatimizni boshlaganimizdan beri, ya'ni 2017 yildan hozirgi kunga qadar bo‘lgan soliqni to‘lab qo‘yishni so‘rashmoqda. Soliq organining talabi qonuniymi?

 

Javob: Dehqon xo‘jaligi — oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa er uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunining  15-moddasiga binoan Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a'zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida boshqa shaxslar vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligining a'zolari, shuningdek dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ijtimoiy soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i ijtimoiy soliqni majburiy tartibda, boshqa a'zolari va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda to‘laydi. Ijtimoiy soliqni to‘lash dehqon xo‘jaligi a'zosining va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiniing 88-moddasiga binoan Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da'vo qilish muddati hisoblanadi.

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da'vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqyea yoki harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da'vo qilish muddati shu voqyea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan e'tiboran besh yilni tashkil etadi.

Soliq majburiyati bo‘yicha da'vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq to‘xtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi.

 

Kattaqo‘rg`on shaxri adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi                                                                        

 yuristkonsulti T.Abdullayev

Teglar
- -