Sanoat korxonalari iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova hududdagi sanoat korxonalari faoliyati va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida shahar Yakkabog’ mahallasida faoliyat ko’rsatayotgan «Mansurbek qo‘rg‘on biznes» MChJda bo‘ldi. Bu yerda mas’ullar ishtirokida korxona tomonidan amalga oshirilayotgan chiqindilarni qayta ishlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar va klaster faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, shahar hokimi va mazkur klaster rahbari Djumaeva Gulmira bilan bo‘lgan suhbat davomida korxonada plastmasssa buyumlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
O’rganishlar davom etmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.