SAN'ATKORLARNING QO‘SHIQLARI TADBIRGA SHUKUH BAG‘ISHLADI
Mustaqilligimizning 34 yillik tantanalari Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Shahrimizning “Do‘stlik” o‘yingohi hamshaharlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.
Tadbirning badiiy qismida harbiylar, shahar teatri aktyorlari, madaniyat bo'limi san'atkorlari va iste'dodli yoshlarning chiqishlari hamshaharlarimizga zavqu- shavq bag‘ishladi.
🎼Dasturda poytaxtdan tashrif buyurgan xonanda Jasur Mavlonov barchani bayram bilan muborakbod etdi va ajoyib qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi.
🎵O‘zining sho‘x qo‘shiqlari bilan muxlislari qalbidan joy olgan, xalqimiz suygan san’atkor, Sevinch Muminovaning chiqishlarini tadbir ishtirokchilari katta olqishlar bilan kutib olishdi.
Kuy va qo‘shiqlarga raqsga tushgan hamshaharlarimiz mana shunday tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashishini ta’kidladilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.