SAMDU KATTAQO‘RG‘ON FILIALIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI
Bugun, 2024 yil 9 sentabr kuni respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi! Jumladan, Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialida ham shu munosabat bilan yangi o'quv yilining ochilish marosimi tadbiri bo'lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi bilan boshlangach, filial direktori Sh.Urakov uni ochib berdi.
Filial direktori 2024-2025-o'quv yilidan qabul qilinayotgan 1-bosqich talabalarini xayrli natija bilan tabrikladi. Ustozlar jamoasi hamda talabalarga o'qish va ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyat tiladi. Tadbir davomida ota-onalar hamda talabalar so'zga chiqishdi.