SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali oʻqituvchilari Turkiyada tajriba orttirishmoqda
Ayni kunlarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali professor-o'qituvchilari Turkiyaning Koniya shahrida joylashgan Seljuq universitetida tajriba orttirishmoqda.
Filial oʻqituvchilari Saljuq universiteti Adabiyot (Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlar) fakulteti dekani Professor Dr Ali Temizel bilan boʻlgan uchrashuv davomida kafedralar hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan tanishtirildi. Har bir o'qituvchiga Seljuq universiteti professorlari tajriba almashish uchun biriktirilgan.