insurez
01-11-2024 14:12

SamDU filialida Xamid Samatov jasoratiga Xotira burchagi tashkil etiladi


Shunday insonlar borki ularning qilgan ezgu ishlari asrlar davomida unutilmasdan, tillardan-tillarga o‘tib keladi. Kattaqo‘rg‘onlik Hamid Samatovni ham ana shunday bag‘ri keng, saxovatpesha insonlardan desak bo‘ladi. Shaharimizning Amir Temur shoh ko‘chasida o‘rnatilgan yodgorlik monumenti oldida shahar hokimi Gavhar Alimovaning Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuvi ushbu insonning jasoratiga bag‘ishlandi.

Shahar hokimi Ikkinchi jahon urushi yillaridagi qiyinchilik davrida hamshahrimiz Xamid Samatovning 13 nafar turli millat bolalarini ochlikdan saqlab qolib, ularni voyaga yetkazganligi insoniylikning eng oliy ko‘rinishi ekanligini ta’kidladi. Uning jasoratini hamshaharlarimizga, ayniqsa, yoshlarga ibrat sifatida ko‘rsatish maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida xotira burchagi tashkil etish taklifini bildirdi. O‘z navbatida talabalar va o‘qituvchilar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladilar.

Albatta, kelgusida ushbu xayrli tadbirning amalga oshishi natijasida yoshlar, hamshaharlarimiz va shahrimizga keluvchi mehmonlar Kattaqo‘rg‘onning faxri bo‘lgan Hamid Samatovning hayoti, xayrli ishlari bilan yanada yaqindan tanishadilar.

Teglar
- -