insurez
04-06-2024 14:15

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahar IIB uchun qurib bitkazilgan yangi ma’muriy bino bilan tanishdi.


U yerdagi so‘rovxona, dam olish xonasi, oshxona, sport zal, xizmat xonalarida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib chiqib, xodimlarning samarali xizmat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi. 

Boshqarma boshlig‘i xodimlar bilan suhbatda bo‘lib, ishlash sharotilari va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha suhbatlashdi.

Mavjud kamchiliklarni barataraf etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Teglar
- -