Samarqand shahri – 2025-yil Islom dunyosi madaniy poytaxti
“Samarqand shahri – 2025 yil Islom dunyosi madaniy poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan islom olami madaniyat vazirlari ishtirokida “Islom dunyosining ma’naviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” xalqaro forumi o'tkazilmoqda.
Forumning ochilishida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi.
Forumda ICESCO ga a’zo 20 dan ortiq davlatdan vakillar ishtirok etishmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonning ICESCO bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.
2023-yilning 25-27-sentabr kunlari Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom dunyosi madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida 2025-yilda Samarqand shahri “Islom olami madaniy poytaxti” sifatida e’lon qilindi.
Forumda Samarqand Islom dunyosi madaniy poytaxti deb e'lon qilinishi munosabati bilan ramziy bayroq va statuetka topshirildi.
Ushbu nishonlarni ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga taqdim etdi.