insurez
06-12-2025 17:08

SALOMATLIK MARAFONI TADBIRLARI MONOMARKAZDA


Marafon tadbirlari doirasida shahar Ishga marhamat Monomarkazida 5 kunlik vorkshop ya’ni, qisqa muddatli o‘quv seminarlari tashkil qilingan bo‘lib, o‘quvlar davomida har bir guruhlardagi tibbiyot xodimlarining qandli diabet maktabi, gipertoniklar maktabi, onkoogohlik, bolalar salomatligi, DMED dasturidan foydalanish mavzulari bo‘yicha bilimlari boyitiladi. 

Shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili Baxtiyor Boyxonov va boshqa mas’ullar Monomarkazda tashkil qilingan qisqa seminarlarni o‘tish jarayonlari bilan tanishdilar.

Shahrimiz bo‘ylab salomatlik marafoni doirasidagi profilaktik tadbirlar davom etadi.

Albatta, marafon doirasida tashkil qilinadigan tibbiy ko‘riklar va sog‘lomlashtirish tadbirlarida shahrimiz aholisini faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, bu kabi profilaktik tekshiruvlar kasalliklarni erta aniqlash va davolashda juda muhim.

Teglar
- -