insurez
17-11-2025 11:20

SAG gilamlarining 21 rasmiy do‘koni Kattaqo‘rg‘onda ochildi


SAG gilamlari kompaniyasiga 2000-yilda asos solingan bo‘lib, ushbu uzoq yillik davrdan buyon xizmat ko‘rsatib kelmoqda. SAG gilamlari dunyoning 15 ga yaqin mamlakatlarida  o‘z mijozlariga ega.

Ushbu kompaniyaning rasmiy 21 do‘koni Kattaqo‘rg‘on shahrida ham ochildi. Ochilish tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova, kompaniya vakillari, kattaqo‘rg‘onliklar ishtirok etdilar.

SAG brendi ostidagi do‘konlar 3 xil formatga bo‘lingan bo‘lib, shahrimizda faoliyatini boshlagan SAG xl do‘konida barcha turdagi gilam kolleksiyalarining katta assortimenti jamlangan.
Xaridorlarga barcha to’lov tartibida o‘zlari xohlagan gilamlarni xarid qilishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. 

Kattaqo‘rg‘onliklar do‘kondagi qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Ochilish tadbiri poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlarning musiqiy chiqishlari va kompaniyaning maxsus aksiyalari bilan davom etdi.

Teglar
- -