Ruxsat etilmagan joyga reklama joylashtirmang !
Kattaqoʻrgʻon shahar "Kunjupay" mahallasi, Buxoro ko'chasida ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan hamda ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida tartibga keltirildi.
Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Sherov Jahongir,
Kattaqoʼrg`on shahar hokimining maslahatchisi