RUXSAT ETILMAGAN JOYGA REKLAMA JOYLASHTIRMANG !
Bugun Kattaqo'rg'on shahar "Do'stlik" mahallasida joylashgan "Ehtiyot qismlar" bozorida ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan hamda ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida tartibga keltirildi.
Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Sherov Jahongir,
Kattaqo'rg'on shahar hokimining maslahatchisi