Reyd tadbiri o’tkazilmoqda
Yaqinda Byuroning Kattaqo‘rg‘on shahar va IIB YHXB bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda “Аvtokon” reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida IIB YHXB tomonidan, JIB sudlarining ma’muriy qarorlariga asosan qo‘llanilgan jarimalar, shuningdek, bank oldidagi muddati o‘tgan kredit qarzlari bo‘yicha garovga olingan hamda qidiruvda bo‘lgan avtomototransport vositalarini topish va jarima maydonchasiga qo‘yish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida 8 ta avtotransport vositasi egalari tomonidan jarimalar joyida to‘lov qilingan, 6 ta avtotransport vositalari esa jarima maydonchasiga quyilgan.
Reyd tadbirlari davom etmoqda.