insurez
14-06-2024 10:19

Rahbar va yoshlar uchrashuvi


Ingichkalik yoshlarga 3-sektor rahbari tomonidan “Zamonaviy sport maydoncha” qurib beriladi
"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi 3-sektor hududidagi Ingichka qo’rg’onchasida bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig'i, 3-sektor rahbari G’ulom Islomov va shahar Yoshlar ishlari bo'limi boshlig‘i Uchqun Tuyg'unov ishtirok etib, ingichkalik yoshlar murojaatlarini tingladi va uchrashuv davomida ingichkalik yoshlar uchun  “Zamonaviy sport maydoncha” sektor rahbari tomonidan qurib berilishi ma’lum qilindi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -