Quturish kasalligini oldini olish bo’yicha seminar o’tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Sanepidqumita shahar bo‘limi va Obodonlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda xodimlar ishtirokida “Uy hayvonlari o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish” bo‘yicha o’quv seminari o’tkazildi.
Mazkur o’quv seminarida quturish kasalligini oldini olish, uy hayvonlarini saqlash va emlash, itdan jarohatlanganda 1-yordam ko`rsatish va quturishga qarshi emlash, xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari bo’yicha tegishli ma’lumot va ko’rsatmalar berilib amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Shuningdek, bevosita Veterinariya bo’limida hamda aholi xonadonlarida uy hayvonlarini emlash ishlari amalga oshirildi.