insurez
07-03-2025 15:54

Qo'ziqorin yetishtirish daromadli sohaga aylanmoqda


Kattaqo‘rg‘on shahar “Ishga marhamat” Monomarkazida uy sharoitida qo‘ziqorin turlarini yetishtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, mahallalardagi hokim yordamchilari, aholi vakillari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan “Best Gold Krovn” MChJ rahbari, “Do‘stlik” ordeni sohibi Akbarali Xaitov hamda Turkiyadagi Antaliya qishloq  xo‘jaligi va o‘rmonchilik universitetida shu yo‘nalishda ta’lim olgan va 7 yillik malaka tajribasiga ega Marhabo Ergashevalar tomonidan ishtirokchilarga uy sharoitida zamburug‘chilikni tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar berildi.

Shuningdek, seminarda zamburug‘chilikni tashkil etish hamda mazkur sohadan daromad olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Teglar
- -