QONUNCHILIK YANGILIKLARI XODIMLARGA YETKAZILDI
SamDU Kattaqo'rg'on filialida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgarishlar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risidagi Prezident farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etish to'g'risida"gi qarorini mas'ullar o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
Yuqorida ta'kidlangan farmon va qarorlar haqida filial katta yuristkonsulti F.Alimov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash nazorat va monitoring bo'lim boshlig'i E.Xayitov atroflicha ma'lumot berdi. Xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.