insurez
11-10-2024 17:42

QAY O‘G‘ILDAN KAMDIR AYTING QIZINGIZ...


11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan SamDU Kattaqo'rg'on filialida "Sening tashabbusing — sening kelajaging" shiori ostida qizlar forumi tashkil qilindi.

Tadbir "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" yurish marafoni bilan boshlandi. Unda filial ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar faol ishtirok etdi. 

Filial sport zalida voleybol bo'yicha Pedagogika va tillarni o'qitish hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlarining qizlar jamoasi bellashdi.

Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetining "Mohir qo'llar" to'garagi a'zolarining ko'rgazmasi, "Reproduktiv salomatlik" bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.

Sana munosabati bilan tashkil qilingan konsert dasturida filial direktorining birinchi o'rinbosari Sh.Mustafayev, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar L.Kalkonova hamda G.Shakirova so'zga chiqib, talaba-qizlarni tabrikladi.

Ashula va raqslar, doirachi hamda xor ansambllarining chiqishi barchaga xushnudlik bag'ishladi.

Teglar
- -