Qatagʻon qurbonlari xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi!
Har bir millat va elatning o‘z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassamdir.
Shu boyis bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamkorligida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi" doirasida "Qatagʻon qurbonlari xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.