Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyati tushunchasi
Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismiga binoan, Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlik belgilangan. Ya’ni mazkur jinoyat uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo‘ladi.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, qasddan badanga shikast yetkazish deganda, inson organlari yoki organizmi to‘qimalari anatomik to‘kisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi ta’sir oqibatida buzilishi tushunilmog‘i kerak. Bu harakatning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Badanga yetkazilgan shikastning og‘irligini sud-tibbiy yo‘sinda orqali amalga oshiriladi. Shu bois badanga shikast yetkazilgan har bir holatda Jinoyat protsessual kodeksining 173-moddasi 1-qismi 1-bandi talabiga muvofiq, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi va o‘tkazilishi shart. Ekspertiza xulosasi esa sud tomonidan qayd etilgan qoidalar va ishning boshqa materiallari asosida baholanadi.
Agar aybdorning harakatlari jabrlanuvchining badaniga sog‘lig‘ining uzoq vaqt, ya’ni ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 105-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Modda sanksiyasiga muvofiq, uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo‘ladi.
Mehnat qobiliyatini uzoq muddatga yo‘qotish esa umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishidir.
Xulosa o‘rnida aytganda, ayrim hamyurtlarimiz jinoyatning nomiga qarab unga munosabat bildirishadi. Xususan, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishni yengil jinoyat sifatida qabul qilishadi va hamisha ham bu g‘ayriqonuniy harakatdan o‘zlarini tiyaverishmaydi. Shu bois bunday qilmish kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, jamiyatda jinoyatning katta-kichigi bo‘lmaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on
shahar sudining raisi
Oltiboyev Abdixakim
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on
shahar sudining tergov sudyasi
Xakimov Muzafar