insurez
26-04-2025 09:21

Qaror va ijro


Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.S.Axatov, Kattaqoʻrgʻon shahar prokurori I.Nuriddinov bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-133-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shahar shtabiga biriktirilgan korxona va mutasaddi tashkilotlar masʼullarining hisobotini eshitib, qaror ijrosini soʻzsiz taʼminlash haqida topshiriqlar berdi. 

Shundan soʻng, shahardagi “The system of copper pipes” MCHJ va “Oʻzbekiston metaldan foydalanish” AJ faoliyati, yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishi, quyosh panellari oʻrnatilishi ahvoli oʻrganildi.

Shuningdek, Kattaqoʻrgʻon-1 gaz taqsimlash stansiyasida amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlari, shaharda gaz taʼminotini tejash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Oʻrganishlar davomida Kattaqoʻrgʻon suv ombori hududida qurilayotgan madaniyat va turizm klasteri loyihasi koʻzdan kechirilib, loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar 

Teglar
- -