Qaror va ijro
Respublikamiz Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosini taʻminlanishi yuzasidan bugun Respublika ishchi guruhi hamda Ichki ishlar vazirligi JXD huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi polkovnik X.Qodirov va Samarqand viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari S.Bazarovlar ishtirokida Kattaqoʻrgʻon shahridagi krimenogen vaziyati ogʻir boʻlgan, jinoyatchiligi oshgan va qizil toifaga kiritilgan mahallalar yettiligining olib borayotgan ish faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida ushbu mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan tadbirlar olib borilishi, mahalla yettiligi aʻzolariga va masʻullarga mahallani “qizil” toifadan chiqarish boʻyicha tegishli barcha choralar koʻrilishi yuzasidan topshirqilar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.